Glaukoma — ko‘rish qobiliyatini asta-sekin yo‘qotadigan va ko‘pincha sezilmaydigan kasallik. Ko‘pchilik bu kasallikni kech bosqichida bilib qoladi, biroq o‘shanda ko‘rish nerviga yetkazilgan zarar tiklanmaydi.
Bu kasallik asosan:
- 40 yoshdan oshganlarda,
- Qandli diabet va yuqori qon bosimiga ega bo‘lganlarda,
- Oilaviy anamnezida glaukoma mavjudlarda ko‘proq uchraydi.
Belgilariga e’tibor bering:
- Periferik ko‘rishning pasayishi
- Ko‘z ichki bosimi hissi
- Yorug‘lik manbalari atrofida “halolar”ni ko‘rish
- Ko‘z og‘rig‘i va bosh og‘rig‘i
Glaukomani vaqtida aniqlash orqali ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish mumkin. Irismed klinikasida:
- Ko‘z ichki bosimini o‘lchash (tonometriya)
- Ko‘rish nervini tekshirish
- Dorilar, lazer muolajalari yoki jarrohlik davolash usullari qo‘llanadi.
Sizning ko‘rishingiz bebaho! Uni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun bugunoq Irismed.uz orqali qabulga yoziling va mutaxassislar ko‘rigidan o‘ting.